Oqsil minimumi

Oqsil minimumi — organizmda azot muvozanati saqlanishi uchun ovqatda bo’lishi zarur oqsilning eng kam miqdori. Ovqatdagi oqsil Oqsil minimumidan kamayib ketganda organizmning o’z oqsillari parchalanadi. Oqsil minimumi organizmning individual xususiyatlariga, yoshiga, semizligiga, shuningdek, ovqatdagi uglevodlar, yog’lar, vitaminlar va boshqa sifatiga hamda miqsoriga bog’liq. Ovqat ratsionlari tuzish uchun oqsil optimumi (organizm ehtiyojlarini to’la ta’minlash uchun zarur oqsil miqdori) asos qilib olinadi. Katta yoshli odamga bir sutkada o’rta hisob bilan 80— 100 gramm (og’ir jismoniy ishda 150 gramm) oqsil kerak.