Oqsil plastiklar

Oqsil plastiklar — hayvon yoki o’simlik oqsillaridan tayyorlangan plastmassalar. Asosan, sut oqsili (kazein). Makkajo’xori doni, yer yong’oq va soya donidagi oqsillar xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Oqsil plastiklar tarkibida oqsildan tashqari, plastifikatorlar, bo’yagichlar bo’ladi. Oqsil plastiklardan ko’proq tarqalgani — galalit, asosan, tugma va to’qa tayyorlashda ishlatiladi.