Oftobachi
Oftobachi — O’rta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Masalan, Buxoro xonligi (18-asr)da Mirza Bade devonning «majma ul-arqom» asarida ko’rsatilishicha, Oftobachi maxram — Amir qo’l yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli shaxs; saroyga kelgan mehmonlarga ham Oftobachi xizmat qilgan.