Ostrava, Moravska-Ostrava
Ostrava, Moravska-Ostrava — Chexiyadagi shahar, Odra daryosi buyida, Shimoliy Moraviya viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 320 ming kishi (2000). Transport yo’llarining muhim tuguni. Mamlakatning yirik sanoat markazi. Qora metallurgiya, energetika, og’ir mashinasozlik, koks-kimyo va kimyo sanoati korxonalari bor. Shahar yaqinidan toshko’mir qazib olinadi.