Poopo
Poopo — Markaziy and tog’laridagi ko’l, Boliviyada, 3690 metr balandlikda. Maydoni 2500-3000 km2, eng chuqur joyi 3 metr (mavsumga qarab ko’l maydoni va chuqurligi o’zgarib turadi). Poopo qadimgi, nisbatan keng suv havzasi qoldig’i. Suvi sho’r. Poopoga Titikaka ko’lidan oqib chiquvchi Desaguadero daryosi quyiladi.