Ravshaniylar harakati
Ravshaniylar harakati — Boburiylar davlatidagi afg’onlarning diniy qarshilik harakati (taxminan 1560 — 1638). Uni musulmonlarning Ravshaniy degan mazhabi boshqargan (mazhab nomi uning asoschisi Boyazid Ansoriyning laqabi — pir Ravshandan olingan). Katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Ravshaniylar harakati boburiylarning harbiy qudratiga putur yetkazgan, afg’on davlati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan va afg’onlarning etnik jihatdan jipslashuviga yordam bergan.