Vallax (Wallach) Otto
Vallax (Wallach) Otto (1847. 27. 3, Kenigsberg — 1931. 26. 2, Gyottingen) — nemis organik kimyogari. Bonn (1876 yildan), Gyottingen universiteti professor (1889— 1915). Asosiy ishlari alisiklik biri kmalar va terpenlar kimyosiga oid. U terpenlar sinfiga mansub qator birikmalar (limonen, fellandren, terpineol, fenxon, metilgeptanon va boshqalar)ni ajratib olgan va ular xossalarini o’rgangan, shuningdek terpenlarning izoprenlar bilan genetik bog’langanligini ko’rsatib bergan (1891); aldegidlar va ketonlarning birlamchi hamda ikkilamchi aminlar va chumoli kislotalar bilan qaytarilib aminlanish reaktsiyasini kashf etgan. Germaniyada xushbo’y moddalar ishlab chiqaradigan korxona qurish tashabbuskorlaridan biri bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1910).