Vakuum materiallari
Vakuum materiallari — vakuum apparatlari va asboblarida qo’llaniladigan materiallar. Asosiy guruhlari: konstruktsion materiallar, gaz yutgichlar, vakuum moylari, surtmalar, loklar, tsementlar, asalari mumi, kumush xlorid va boshqalar. Vakuum apparatlari va asboblari yasash, qismlarga ajratiladigan birikmalarni zichlash, kranlarni moylash, elektron lampalarga surkash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Vakuum texnikasi uchun kam gazlanadigan materiallar — shisha, kvars, chinni juda qadrli va ko’p ishlatiladi. Metallar (masalan, temir, alyuminiy, nikel, platina, kumush va hokazolar)ning esa vakuumda sirtlari adsorbtsiyalanadi. Shuning uchun ular vakuumda yuqori temperaturalarda qizdirib gazsizlantirib olinadi. Vakuum materiallariga qo’yiladigan asosiy talablar: ish temperaturasida to’yingan bug’lar bosimi past, oson gazsizlanadigan, gaz o’tkazuvchanligi kichik, yuqori temperaturalarga yetarlicha chidamli bo’lishi kerak.