Vyurtsit
Vyurtsit (frantsuz kimyogari Sh. Vyurts nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi R—ZnS. Sfaleritning polimorf turi. Geksagonal singoniyali. Tolasimon, varaqsimon, elpig’ichsimon, kollomorf kristallar. Rangi sariq, qo’ng’ir. Yaltiroqligi shishasimon, olmossimon. Qattiqligi 3,5—4. Sof og’irligi 4-4,5. Gidrotermal yertomirlarda hosil bo’ladi. Tabiatda kam uchraydi. O’zbekistonda Vyurtsit Novgarzon (Qurama tizmasi)dagi qalay va Uchquloch (O’zbekiston g’arbi)dagi polimetall konlarida topilgan. Vyurtsit Qozog’istonda (Qizilespe), Qirg’izistonda (Karavon), AQShda (Grin-River) ma’lum. Rux olinadigan ruda.