Vanadatlar

Vanadatlar — vanadiy (V) –oksid (V2O5) hosilalari bo’lgan. erkin holda ajratib olinmagan yoki beqaror ortovanadat H3VO4, pirovanadat H4V2O7, metavanadat HVO3, dekavanadat H6VinO2g, dodekavanadat H2V|2O31 va boshqa polivanadat kislotalarning tuzlari. Vanadatlarga vanadiy (1U)-oksid (VO2) hosilalari bo’lgan, erkin holda mavjud bo’lmagan H2V4O9, H4V2O6 va boshqa kislotalarning tuzlari ham kiradi. Ikkilamchi va uchlamchi qo’sh Vanadatlar, jumladan granat strukturali ortovanadatlar — Na3Cr2V3Ol2, LiCa,Mg2V3Ol2 ham ma’lum. Tabiatda Vanadatlar pintadoit Ca2V2O7-9HjO, rossit sa (VO3)2-4H2O, pkkoit Ca3V,0O21(17H2O minerallari holida ham uchraydi. Vanadiy (u)-oksid ishqorda eritilganda Vanadatlar hosil bo’ladi. Vanadatlar vanadiy ishlab chiqarishda muhim rol o’ynaydi [eritmadan Ca(VOj)2 va NH4VO3 shaklida ajratib olinadi]. Vanadatlar lazer materiallar, lyuminoforlar, siyoh komponentlari, katalizatorlar ishlab chiqarishda, ip gazlama va ipakni bo’yashda qo’llaniladi.