Vassa, toqi

Vassa, toqi — o’zbek me’morligida sinchkor binolarda keng qo’llaniladigan qurilish materiali. Vassa oqtol g’o’lalaridan tayyorlanib, binolar shiftiga qo’iilgan to’sin (bolor) lar ustiga zich teriladi. To’sinlarining ustiga Vassalar terilgach, ustidan bo’yra yoki bordon yopiladi. Vassalar, ba’zan ohak bilan oqartiriladi yoki rang-barang bo’yoqlar bilan bo’yalib, gullar ishlanadi. Vassajuft imorat — to’sinlariga Vassalar terib ishlangan bino.