Variatsiyalar

Variatsiyalar — musiqa shakli. Unda asosiy musiqiy mavzu (mavzular) o’zining bir yoki bir qancha unsurlari (ritm, sur’at, faktura, ohang va boshqalar) o’zgartirilgan holda takrorlanadi va Variatsiyalar turkumini tashkil qiladi. O’zgarish darajasiga ko’ra, qatiy (masalan, Basso osti- NATO) va erkin Variatsiyalar farqlanadi. Qatiy turkumda mavzu va uning Variatsiyalari bir xil tuzilishga ega. Erkin turkumda har bir variasiyada asosiy mavzu ohanglaridan kelib chiqqan yangi mavzular shakllanadi. Variatsiyalar mustaqil asar yoki simfoniya, sonata, opera kabi asarlarning bir qismi bo’lishi mumkin. Variatsiyalar Yevropa musiqasida 16-asrdan ma’lum. 19-asrgacha ularning asosan qat’iy turi qo’llanilgan (G. Pyorsell, G. Gendel, I. Bax, V. Mosart, L. Betxoven va boshqalar). Romantizm uslubida erkin Variatsiyalar keng tarqaldi (R. Shuman, P. Chaykovskiy va boshqalar). Variatsiyalar shakli O’zbekiston kompozitorlari (Ik. Akbarov, S. Yudakov, T. Kurbonov, S. Karimhoji, S. Varelas, R. Abdullaev, A. Nabiev va boshqalar) ijodidan ham salmoqli o’rin olgan.