ARAKS
ARAKS — Zakavkazedagi daryo (bosh qismi Turkiyada, quyi qismi Ozarbayjonda). Kuraning o’ng irmog’i. Uzunligi 1072 kilometr, havzasining maydoni 102 ming kilometr kvadrat. O’rtacha yillik suv sarfi 285 m3/sek. Araksda Ozarbayjon — Eron gidrotexnika kompleksi ishga tushdi.