ARALASH EKINLAR
ARALASH EKINLAR — bir ekin maydonida bir vaqtning o’zida yetishtiriladigan ikki va undan ortiq xil qishloq xo’jalik ekinlari. Aralash ekinlardan bir turdagi ekinlarga qaraganda ancha yuqori hosil olinadi. Sug’oriladigan dehqonchilik zonalarida ko’p yillik o’simliklarni, masalan, bedani makkajo’xori, suli, arpa bilan, bir yillik o’simliklarni, masalan, javdarni burchoq, no’xat bilan, arpani burchoq, no’xat bilan aralash ekish eng ko’p tarqalgan. Bunday ekinlarni ekish muddatlari ekin turlari xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi.