ARALASH QAZIB OLISH

Ma’nosi

ARALASH QAZIB OLISH — foydali qazilma qatlamlarini ular orasida uchraydigan tog’jinsi qatlamchalari bilan birga qazib olish. Bu usulda qazib olingan foydali qazilmalarni boyitish kombinatlariga yuborib, tog’jinslaridan tozalash kerak bo’ladi. Ohangaron ko’mir konida ayrim-ayrim qazib olish usuli bilan birga Aralash qazib olish usuli ham keng qo’llaniladi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar