«Veterinariya»

«Veterinariya» — veterinariya masalalariga oid ilmiy-ishlab chiqarish jurnali. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining nashri. 1996 yil mart oyidan Toshkentda chiqadi. Uch oyda bir marta o’zbek va rus tillarida nashr qilinadi. Jurnalda veterinariyaning nazariy va amaliy masalalari, chorva hayvonlari kasalliklarining oldini olish va davolashda fan va ilg’or tajribalar yutuqlari, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, veterinariya xizmatini tashkil etish, zoogigiena mutaxassislar maslahatlari, O’zbekistonda veterinariya tarixi va boshqalar oid maqolalar e’lon qilinadi. Adadi 867 nusxa. Bosh muharriri Ziyodulla Yo’ldoshev.