Vasserman reaktsiyasi
Vasserman reaktsiyasi — zaxmni aniqlash uchun qo’llaniladigan serologik reaktsiya. Uni kashf etgan nemis olimi A. Vasserman (1866-1925) nomi bilan yuritiladi. Vasserman reaktsiyasi komplementni bog’lab olish reaktsiyasi (KBr)ga asoslangan bo’lib, u bir yo’la uchta antigenni ishlatgan holda olib boriladi. Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 ta probirkaga 0,1 ml dan kuyiladi. Reaktsiya bosqichini krest (+dan to ++++) lar soni bilan ifodalanadi. Vasserman reaktsiyasining musbat bo’lishi, bemorda zaxm kasalligi borligini ko’rsatadi. Zaxmdan boshqa kasalliklar (bezgak, qaytalama terlama va boshqalar)da ham Vasserman reaktsiyasi qo’yiladi.