Vanxon to’g’ril

Vanxon to’g’ril (12-13-asrlar) -hozirgi Mo’g’uliston, Yettisuv va Oltoy o’lkasida hukmronlik qilgan kerey (kerait) qabilasi rahbari. Markaziy Osiyoning ko’pchilik qabilalari, shu jumladan mo’g’ullar ham Vanxon to’g’ril qo’l ostida bo’lgan. Shu paytlarda Markaziy Osiyoda o’zaro ichki qabilalararo va qo’shni davlatlar bilan mojarolar yuz berayotgan edi. Ayniqsa Kerait va naymanlar orasidagi ziddiyat kuchli edi. Mo’g’ullar Naymanlarni qo’llab-quvvatlashgan. Vanxon to’g’ril bir oz vaqt Chingizxon bilan ittifoq tuzib, birga jang qilgan, lekin keraitlar va mo’g’ullar o’rtasida bir-birlariga nisbatan dushmanlik tugilgan. Bunda Naymanlar rahbari Tayonxon (Vanxon to’g’rilga ona tomondan qarindosh) mo’g’ullarga yordamlashgan. Nekunuysin mavzeida bo’lgan jangda Vanxon to’g’ril o’ldirilib, kallasi Tayonxonga jo’natilgan. Vanxon to’g’ril avlodlari 13-asr boshlarida Nayman va boshqa qabilalar bilan birga asosan Qozog’iston yerlariga o’rnashib, mahalliy turkiy xalqlar tarkibiga kirgan.