Vodorod elektrod

Vodorod elektrod —vodorod atmosferasida vodorod ionlari N+ bo’lgan eritmaga yarmisigacha tushirib qo’yiladigan platina plastinka yoki maydalangan platina qoplangan sim. Platina bilan eritma o’rtasida quyidagi reaktsiya: N2 0 2n+ +2 e hisobiga hosil bo’luvchi potentsiallar farqi vodorod ionlari kontsentrasiyasi, gaz holdagi vodorod bosimi va temperaturaga bog’liq. Vodorod elektroddan kuchli oksidlovchilar, qaytaruvchilar, to’yinmagan organik birikmalar va ba’zi metallar (masalan, qo’rg’oshin, mis, kumush, oltin) tuzlari bor muhitda foydalanish mumkin emas. Vodorod elektrod galvanik zanjirlarning elektr yurituvchi kuchini, alohida elektrodlar potentsiali va vodorod ko’rsatkich rn ni o’lchash uchun qo’llaniladi.