Vlasov Vladimir Aleksandrovich

Vlasov Vladimir Aleksandrovich (1902.25.12-Moskva-1986) — rus kompozitori va dirijyor. Qirg’iziston (1946) va Rossiya (1973) xalq artisti. Qirg’iz musiqali teatri asoschilaridan. 1936-42 yillarda qirg’iz musiqali drama teatri (hozirgi opera va balet teatri)ning rahbari. V. Fere va A. Maldibayev bilan birgalikda birinchi qirg’iz musiqali drama («oltin qiz»), opera («Aychurek») va balet («Anar»)larini yaratgan. 10 opera («Manas», «To’xtag’ul», «Oltin qiz» va boshqalar), 5 balet («Selkinchek», «Asal» va boshqalar), simfonik va kamer asarlar muallifi. Qirg’iziston Davlat mukofoti laureati (1970).