Vodiy shamoli

Vodiy shamoli — tog’li o’lkalardagi vodiylarda kunduzi vodiy bo’ylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan shamol. Vodiy shamoli kunduzi siyrak atmosferadan o’tib tushadigan quyosh nurlari tog’yon bag’irlarini tez qizitib yuborishi natijasida tog’da erkin atmosferadagi shu balandlikdagi bosimga nisbatan bosimning kamayib ketishi natijasida vujudga keladi. Tunda tog’larda uzun to’lqinli nur (issiqlik) tarqalishi kuchli bo’lganidan havo tez sovib, og’ir havo vodiy bo’ylab pastga yo’naladi. Vodiy shamoli tog’brizi deb ham ataladi.