Voisov Bolta

Voisov Bolta (1892—Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlog’i—1958)— kulol, koshinkor usta, Xorazm kulolligi maktabi vakili. Hunarni otasi Vois kulol va usta Madrasuldan o’rgangan. 20-asr boshlarida Xiva me’moriy ansamblidagi yirik binolarni bezashda koshinkor sifatida qatnashgan. Murakkab me’moriy naqsh mujassamotlari tuzgan, yodgorliklarni tiklash uchun koshinlar tayyorlagan. Naqshli sopol idishlar, ayniqsa qalami uslubida naqshlangan bodiyalar tayyorlash Voisov ijodida asosiy o’rin tutadi. Voisov ishlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.