Volga bulg’orlari

Volga bulg’orlari, Volga-Kama bulg’orlari (Kama bulg’orlari, bulg’orlar) — Azov bo’ylarida 7-asrda ko’chmanchilik qilib yurgan, so’ngra (7-asr ning 2-yarmida) O’rta Volga bo’ylariga ko’chib borgan turkiy qabilalar. O’rta Volga va Kama daryosi bo’ylarida Volga bulg’orlari ugor-fin til oilasiga mansub mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar va kuchli harbiy tashkilotga ega bo’lganlari tufayli Volga-kama havzasida siyosiy gegemonlikni qo’lga olganlar, bu yerda turkiy tillar keng tarqala boshlagan. Volga bulg’orlari boshqa mahalliy qabilalarni xalq bo’lib shakllanishida va davlat barpo etilishida bosh rolni o’ynagan. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va boshqalar.