ABDULHAQ KOTIB
ABDULHAQ KOTIB (1808, Toshkent -1886) — xattot. Abdulhaq kotib Buxoroda ta’lim olib qaytgach, o’z shahridagi madrasada mudarrislik qilgan. 1881-84 yillarda Arabiston, Misr mamlakatlariga va Istanbul shahriga sayohat qilgan. Ta’liq, riqo’, suls, nasta’liq xatlarini yaxshi o’zlashtirgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida u ko’chirgan o’ndan ortiq qo’lyozma mavjud.