ABDULLAXON
ABDULLAXON (17-asr) – Sharqiy Turkiston xoni (1638 -70). 1638 yil Yorkend taxtiga o’tirgan. Abdullaxonning xonlik davri qirg’iz va qalmoqlarga qarshi urushlar va o’zaro nizolarni bostirish bilan o’tgan. O’zaro kurash natijasida Abdullaxon yurtini tashlab, Makkaga ketishga majbur bo’lgan. Makkadan kaytishida Hindistonda vafot etgan.