ABDULLO KOTIB

ABDULLO KOTIB (19-asrning 1-yarmi, Buxoro) — xattot. Abdullo kotib ko’chirgan qo’lyozmalardan Hisomuddin Umar Buxoriyning «Voqeoti Hisomiy» (1820), Rukniddin Sheroziyning «Sharx ul-Fusus» (1821), Abdulqodir Bedilning «Chahor unsur» (1824), Husayn Koshifiyning «Anvori Suhayliy» («Kalila va Dimna», 1824) kabi asarlari O’zfashida saqlanadi.