ABDULMANNON KOTIB

ABDULMANNON KOTIB Abdulvahhob o’g’li (1880, Toshkent — 1945)— xattot. Abdulmannon kotib tomonidan nasta’liq xati bilan ko’chirilgan 20 dan ortiq qo’lyozma O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bular orasida Navoiyning «Xamsa» (1905) va «Majolis un-nafois» (1917), Mirzo Salimbekning «Kashkuli Salimiy» (1912), Binoiyning «Bog’i Eram» (1917), Afzal Pirmastiyning «Afzal ut-tazkor» (1917) kabi asarlari bor.