ABDUSAMAT BUYURTMA HUDUDI

ABDUSAMAT BUYURTMA HUDUDI — Farg’ona vodiysida (Sirdaryoning o’rta oqimida). 1967 yilda tashkil qilingan. Maydoni 2,5 gektar. Daryo bo’ylab cho’zilgan tabiiy to’qayzorlar bor. Qirg’ovul, suv parrandalari va boshqa to’qay hayvonlari yashaydi.