ABISSAL
ABISSAL (Yunoncha abyssos — tubsiz) — dengiz tubining 3000-6000 metr chuqurlikka to’g’ri keladigan qismi. Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi. Abissalda yashash muhiti turg’un, harorat 1 2°, suvning sho’rligi 35%o, gidrostatik bosimi 300-600 atm ga yaqin, butunlay qorong’i bo’ladi. Quyosh nuri yetib bormasligi tufayli Abissalda yashil o’simliklar bo’lmaydi, hayvonlardan okean yuzasidan cho’kadigan detrit holidagi organik qoldiqlar va boshqa hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadigan goloturiyalar, dengiz yulduzlari, dengiz nilufarlari, ayrim ikki tavaqali mollyuskalar, ko’p tukli chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, bulutsimonlar va bir qancha baliqlar uchraydi. Mikroorganizmlar saprofit bakteriyalar va ayrim zamburug’lardan iborat. Abissalda doimiy hayot kechiradigan ko’pchilik organizmlar gidrostatik bosimning o’zgarishiga juda sezgir bo’lganidan suvning sayoz joylarida uchramaydi.