Absolyut balandlik, mutlaq balandlik

Absolyut balandlik, mutlaq balandlik — yer yuzidagi muayyan nuqtaning okean o`rtacha sathi dan tik balandligi. Okean sathidan baland nuqtalar musbat belgi (+), past nuqtalar manfiy belgi (—) bilan belgilanadi. Absolyut balandlik nivelirlash yordamida aniqlanadi.