ABSORBTSIYA
ABSORBTSIYA (lotincha absorbtio — yutilish, absorbeo — yutayapman so’zidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent) larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbtsiyalanishidan neftni qayta ishlash, koksbenzol va boshqa sanoat sohalarida foydalaniladi. Gazlarning bug’ va suyuqliklarda erish darajasining turliligiga asoslangan holda Absorbtsiyadan texnikada gazlarni tozalash va ajratishda hamda ularni bug’-gaz aralashmalaridan ajratishda foydalaniladi. Absorbtsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbtsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regenerasiya qilishda qo’llaniladi.