ABULHASAN SIMJURIY
ABULHASAN SIMJURIY Muhammad ibn Ibrohim (?-989) — Somoniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957 yildan). Asli G’ulomlardan. Buvayxiylar va ziyoriylarga qarshi janglarda g’alaba qozongan, uning yordamida G’aznada Somoniylar hukmronligi o’rnatilgan. So’ng, u Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (976-997) dan yashirincha koraxoniylardan Bug’roxon (Horun ibn Muso, 992 yilda vafot etgan) bilan Somoniylar tasarrufidagi yerlarni o’zaro bo’lib olish xususida muzokara olib borgan. Kelishuvga ko’ra, Movarounnaxr Bug’roxonning, Amudaryoning Janubidagi yerlar esa Abulhasan Simjudiyning qo’liga o’tishi lozim bo’lgan. Bu fitnada Abulhasan Simjudiy va Bug’roxondan tashqari Nuh ibn Manso’rning yirik amirlaridan Foiq ham ishtirok etgan. Bu esa Somoniylar inqirozini tezlashtirgan.