Abxala

Abxala – laqabi Al-Asvad-arabcha-qora) soxta payg’ambar. U Arabiston yarim orolining janubiy qismi va Yaman hududida 7-asrning 2-o’n yilligida ko’chmanchi arablar orasida o’zini Rahmonning yangi rasuli (elchisi) deb e’lon qilgan va shu geografik muhitni o’z ta’sirida saqlab turgan. Rum yurishlari bilan band bo’lgan islom jamoatchiligi Abxalaning harakatiga yetarli e’tibor bermagan. Abxalaning o’limi (632 yil)dan keyin bu soxta payg’ambarlik harakati o’z-o’zidan barham topgan.