AFTALAR

AFTALAR (Yunoncha aptha — yara) — og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining kasalligi. Bunda ko’pincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yallig’langan yarachalar paydo bo’ladi. Ular og’rib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, ko’z va jinsiy a’zolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar ba’zan isitma, limfa bezlarining shishib og’rishi bilan o’tadigan mustaqil kasallik yoki chillashir kabi me’da-ichak kasalliklarining asorati hisoblanadi. Aftalarning kelib chiqishi, kechishi va boshqa xususiyatlarga ko’ra bir necha turlari farq qilinadi. Stomatit Aftalarning qayta-qayta qo’zg’aydigan alohida turidir. Davosi: achchiq, sho’r, nordon taomlar yeyish, spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Sutli hamda muloyim ovqatlar buyuriladi, shifokor tavsiya qilgan dori eritmasi bilan og’iz chayiladi.