AHMEDOV BERDIYOR AHMEDOVICH

AHMEDOV BERDIYOR AHMEDOVICH (19P.8.3, Sirdaryo viloyati) — huquqshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist (1971), 3-toifa davlat Adliya maslahatchisi (general). Toshkent yuridik institutini bitirgan (1939), Samarqand viloyati prokurorining 1-o’rinbosari (1939), Namangan viloyati prokurori (1941 — 43). Respublika prokurorining o’rinbosari (1943 — 51). Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetida o’qituvchi, dekan, jinoyat huquqi va kriminalistika kafedralari mudiri (1953 — 87). Respublika Oliy sudi ilmiy-maslahat kengashi a’zosi (1960 yildan). Ilmiy ishlari jinoyatchilik va axloq tuzatish-mehnat qonunlariga bag’ishlangan. As: Jinoyat huquqi, T., 1984.