AHMEDOV NOSIR KOMILOVICH

AHMEDOV NOSIR KOMILOVICH (1922.5.12, Toshkent) — anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1967), tibbiyot fanlari Doktori (1965), professor (1967). Urush qatnashchisi (1942-43). Mirzacho’l tumani sog’liqni saqlash bo’limining mudiri va tuman bosh sanitariya vrachi (1943), toshti anatomiya kafedrasining assistenti (1947-55), Andijon davlat tibbiyot instituti (1955-57). Toshti (1957 yildan) normal anatomiya kafedrasining dotsenti, professor (1969) II toshti da shu kafedra mudiri (1990-97), 1997 yildan prof. konsultanti. Ahmedov odam anatomiyasi, operativ xirurgiya va topografik anatomiyaga oid ilmiy ishlar, shuningdek 2 jildli «odam anatomiyasi» daryoligi, 2 jildli «Odam anatomiyasi» atlasi muallifi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).