AHMEDOVA NAZIRA

AHMEDOVA NAZIRA (1913.5.6, Namangan — 1964.25.2, Toshkent) — o’zbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). O’zbekiston xalq artisti (1951). Moskva o’zbek opera studiyasi (1927-30) da ta’lim olgan. O’zbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri (1931) artisti. O’zbekiston radio qo’mitasi (1932), O’zbek musiqa teatri (1935— 39), Navoiy teatri (1939-64) yakka xonandasi. O’zbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul, Nodira (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, «Bo’ron», 1939— 43, «Buyuk kanal», 1941), Tana (E. Brusilovskiy, «Er Targ’in», 1939— 43), Asal, Layli (R. Glier, T. Sodiqov, «Gulsara», 1949-54, «Layli va Majnun», 1954-58), Mikaela (J. Vize, «Karmen», 1944-47) va b. Qator o’zbek xalq qo’shiqlari va kompozitorlarning romanslari (D. Zokirov, «Ko’rmadim», M. Burhonov, «Ishqida», T. Sodiqov, «Sarvigul»)ni mahorat bilan ijro etgan.