Ajdar deganda qadimiy yunonlar va rimliklar ilohiy kuch tomonidan in’om etilgan ilonga o’xshash vahimali bir maxluqni tasavvur etganlar. Bu olabo’jining paydo bo’lishi ham ularning nazarida, notabiiy kechgan: xo’roz buzilgan tuxum qo’ygan, ilon va cho’lbaqasi ularni bosib jo’ja ochirtirgan, qanotsiz badbashara maxluq — ajdar shu tariqa paydo bo’lgan; uning xo’roznikiday to’rtta oyog’i bo’lgan, dumi ilonnikiday, ko’zlari yonib turgan, bir nigoh tashlasa bas, odamni zaharlab o’ldirgan. Bu maxluqdan tarqalayotgan zahar atrofning havosini buzgan va jonivorlarni qirg’in etgan, zahar ta’siridan hatto o’simliklar so’lib qolgan, daraxtlarning mevalari tushib ketgan va chirigan, o’tlar qurib qolgan, qushlar bu yerga yaqinlashishlari hamono nobud bo’lavergan, agar otliq odam zaharlangan havoga yaqin kelib qolsa, har ikkisi ham olamdan baravar ko’z yumgan. Qadimgi odamlar bu sira ehtirosga berilib, qaysi hayvonni ko’zda tutgan — noma’lum, hatto tasavvur etib bo’lmaydi, ammo qadimiy xalqlar adabiyotlarida va hatto Injilda ham ajdar eng yomon sifatlar bilan insho etiladi. Baribir, ajdar qo’rqinchli afsonaviy maxluq emas, mutlaqo bezarar Amerika kaltakesagi bo’lib, iguanlar oilasiga mansubdir. Ularning to’rt turi ma’lum. Ular Markaziy Amerikada yashaydi. Ajdarning bo’yi 80 santimetrga yetadi va uning ham 56 santimetrini dum tashkil etadi. Uning tashqi ko’rinishi yuqorida eslatilgan maxluqni isbotlaydi. Bu g’ayritabiiy jonivorning boshi va bo’yni juda kalta, gavdasi oriq va yon tomonlari puchmaygan. Urg’ochisining dumi va yelkasida umurtqa o’simtalari ta’minlab turadigan terili toji mavjud. Ajdarning tishlari benihoya ko’p — 100 ta! Ajdarlar daraxtlar ustida va daryolar bo’yida yashaydi. Har qanday begona shovqindan bu «afsonaviy maxluq» vahima solib tomog’ini shishiradi, sizga darg’azab bo’lib qaraydi, so’ng tezda daraxtdan tushadi. Cho’chimang, ajdar juda qo’rqoq hayvon! U suvga tushgan zahoti suzib ketadi.