AKTIV SAYLOV HUQUQI

AKTIV SAYLOV HUQUQI — fuqarolarning davlat hokimiyati vakolatli organlariga bo’lib o’tadigan saylovlarda ishtirok etish huquqi. Fuqaroning deputatlar va mansabdor shaxslar saylovida, referendumda ovoz berishda ishtirok etishga bo’lgan ikki imkoniyatdan iborat huquqi. Saylash huquqi aktiv saylov huquqi deb, saylanish huquqi esa passiv saylov huquqi deb ataladi. Aktiv saylov huquqi 18 yoshga to’lganda yuzaga keladi. Tushunchaning ma‘nosi shundaki, har bir fuqaro saylash huquqini faqat o’zi faol harakatlar: byulleten olish, uni to’ldirish va saylov qutisiga tashlash orqali amalga oshirishi kerak.