AKVAREL

AKVAREL (Fransuzcha aquarelle, asli lotincha aqua — suv) — rassomlik san’atida ishlatiladigan bo’yoq (suvda oson eriydi) va shu bo’yoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari. Akvarelning o’ziga xos xususiyati bo’yoqning tiniq, rangning sofligidir. Akvarel rangtasvirida oq bo’yoq ishlatilmaydi— oq qog’oz bo’yoq vazifasini bajaradi. Akvarel bo’yog’i qog’oz sirtiga yupqa qatlam bo’lib yotadi, bu qatlam no’rni yaxshi o’tkazadi. Shuning uchun Akvarel rang-tasviri yuzasi silliq bo’lmagan oq qog’ozga ishlanadi. Akvarel bo’yog’ida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak. Akvarel qadimdan ma’lum bo’lgan. 15-asrda nemis rassomi Akvarel Dyurer Akvarelda ajoyib asarlar yaratgan. 17-18-asrlarda Yevropada Akvarel keng tarqaldi. 18-19 — asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va boshqalar), Frantsiya (O. Dome, E. Delakrua va boshqalar), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va boshqalar) da Akvarel san’atining ajoyib namunalari yaratildi. O’zbekiston tasviriy san’atida Akvarel rangtasviri 20-asr 20-yillaridan rivojlana boshlagan. A. Nikolayev (Usta Mo’min), G. Nikitin, B. Hamdamiy, O’. Tansiqboev, V. Kaydalov va boshqa rassomlar o’z Akvarel asarlari bilan o’zbek Akvarel san’ati rivojiga munosib hissa qo’shdilar. O’zbekiston rassomlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va boshqalar ijodida Akvarel rivojlanmoqda.