AMICHI

AMICHI (Amici) Jovanni Battista (1786.25.3, Modena — 1863.10.4, Florentsiya) — italiyalik botanik va optik. Protoplazma harakatini (xarasimon suv o’tlari hujayrasida), barg og’izchalari tuzilishi va funktsiyasini birinchi bo’lib tavsif etgan, chang naychasi va «murtak pufakchasi» (tuxumhujayra)ni kuzatib, chang naychasining urug’lanishdagi ahamiyatini tushuntirib bergan. Amichi mikroskopii takomillashtirib, immersiya, ya’ni tekshirilayotgan narsa bilan mikroskop ob’yektivi oralig’iga suyuqlik tomizish usulini ishlab chiqqan.