AMMIAKATLAR
AMMIAKATLAR — tuzlar bilan ammiakning birikishidan hosil bo’lgan kompleks birikmalar. Masalan, Cu(NH3)4 SO4 — mis ammiakat yoki tetramin mis sulfat; [Pt (NH3) JC14 — geksamin platinxlorid; [Ni(NH3)6]CI2 — geksamin nikel xlorid. Ko’pchilik Ammiakatlar ancha barqaror bo’ladi. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan mochevina, ammiakli selitra va boshqa azotli o’g’itlarni ammiak bilan to’yintirib olingan Ammiakatlar o’tkir ammiak hidli, rangsiz, ba’zan sarg’ish suyuqlik bo’lib, o’g’it sifatida ishlatiladi.