ANALIZATORLAR

ANALIZATORLAR (fiziologiyada) — yuksak darajadagi hayvonlar va odam nerv tuzilmalarining murakkab sistemasi. Analizatorlar tashqi muhit va organizmdagi ta’sirotlarni idrok etib, tahlil (analiz) qiladi. Analizatorlar tushunchasini I. P. Pavlov kiritgan (1909). Keladigan axborot reseptorlar — sezuvchan (afferent) nervlar oxirlarida qabul qilinadi. Retseptorlar qo’zg’atuvchi ta’sirot energiyasini nerv impulslariga o’tkazadi, so’ngra bular nerv sistemasining o’tkazuvchi yo’llari orqali Analizatorlarning oliy (Markaziy) bo’limlariga — bosh miya po’stlog’i qismlariga o’tadi. Analizatorlar axborotning asosiy qismini atrof muhitdan oladi. Bueksteroreseptiv Analizatorlar deyiladi. Bularga eshituv, ko’ruv, hid, ta’m bilish, tuygu a’zolari kiradi. Boshqa Analizatorlar organizmning ichki muhiti holatini tahlil qiladi (interoreseptiv A). Vestibulyar va tayanch harakat apparati, qon bosimining darajasi ular nazorati ostida bo’ladi. Analizatorlar murakkab tuzilishga ega bo’lib, miyani organizmdan tashqaridagi, shuningdek uning ichidagi hodisalar to’g’risida batafsil axborot bilan ta’minlaydi. Analizatorlarning vazifasi shuki, ularning yordamida hayvon tashqi hamda ichki muhitdagi foydali va zararli ta’sirlarni ajratib, hayot sharoitiga yaxshiroq moslashadi. Birorta Analizatorlar buzilganda (shikastlanish, kasallik tufayli) mashq jarayonida boshqa Analizatorlarning imkoniyatlari kengayadi. Masalan, ko’zi ojiz kishilarda eshitish, tuyg’u, bosim va temperaturani sezish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Odam ongi borligidan unda Analizatorlarning ahamiyati yanada katta.