ANKILOSTOMA
ANKILOSTOMA (Ankylostoma) -juda kichkina (urg’ochisi 10-13 millimetr keladigan) qizg’ish gijja. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. 2 turi odamning o’n ikki barmoq ichagida yashaydi. Ankilostoma tuxumlari najas bilan tashqariga chiqadq qulay sharoitda (25° da) 1-2 sutkadayoq ular lichinkaga aylanadi. Haqiqiy Ankilostoma tuproqda hayot kechirib, ikki marta po’st tashlagandan keyin yuqumli lichinka hosil bo’ladi. Bu lichinkalar terini teshib, tana ichiga kiradi, og’iz orqali ham yuqishi mumkin.