ANKLAV
ANKLAV (Fransuzcha enclave, lotincha inclavare — qulflab olish) — bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan o’rab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR hududidagi Anklav hisoblanadi. Agar Anklav dengizga tutash bo’lsa, u yarim Anklav deb ataladi.