Antik adabiyot

Antik adabiyot (lotincha antiquus-qadimgi)-Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (miloddan avvalgi IX-VIII asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi “Iliada” va “Odisseya” dostonlari bo’lib, ular “Gomer dostonlari” deb ham ataladi. Gomerdan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqalar ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qadimgi Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerliklarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000 yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.