Antipapa

Antipapa (yunoncha anti…-qarshi va papa)-katolik cherkovi tomonidan tan olinmagan Rim papasi. O’rta asrlarning alohida davrlarida papa taxtida bir vaqtning o’zida bir necha papa o’tirgan (turli cherkov va zodagon doiralar tomonidan o’tqazilgan); oqibatda papa sifatida ulardan faqatgina bittasi cherkov tomonidan tan olingan, qolganlari Antipapa deb e’lon qilingan. Katolik cherkovi tomonidan tuzilgan papalar ro’yxatida 30 dan ortiq Antipapa ko’rsatib o’tilgan (III-XV asrlar).