ANTRAXINON BO’YOQLAR

ANTRAXINON BO’YOQLAR — antraxinon yoki uning hosilasidan olingan polisiklik bo’yoqlar. Antraxinon bo’yoqlar kimyoviy barqarorligi, rangining yorqinligi va yorug’likka nisbatan mustahkam bo’lganligi tufayli keng tarqalgan. Ular jun, ipak, sun’iy tolalar (kapron, naylon) poliefir tolalar va boshqalarni bo’yashda, shuningdek poligrafiya va lok-bo’yoq sanoatida ishlatiladi.