ANTROPOSOFIYA
ANTROPOSOFIYA (antropo … va Yunoncha sophia — donishmandlik) — Xudo o’rnida ilohiylashtirilgan odamga e’tiqod qilishni targ’ib etuvchi ta’limot. 20-asr ma’naviy hayotida paydo bo’lgan bu ta’limotga nemis olimi R. Shteyner (1861 — 1925) asos soldi. Odamni ilohiylashtirgan Antroposofiya uch olam: oliy — ruhiy, o’rta — avstral (energiya), quyi — tabiiy (materiya) olam bor, deb qaraydi. 1913 yilda «umumiy antroposofik jamiyat» deb atalgan tashkilot tuzilgan. Bu jamiyatning turli mamlakatlarda 47 mingdan ziyod a’zosi bo’lgan. Antroposofiya g’oyalari so’nggi paytlarda pedagogikada (Valdorf maktablari), san’atda (evritmiya), tibbiyotda (shu jumladan farmasevtikada), qishloq xo’jaligida namoyon bo’la boshladi.