APENNIN YARIM OROLI

APENNIN YARIM OROLI — Janubiy Yevropadagi yarim Orol. Maydoni 149 ming kilometr kvadrat, eni 130 — 300 kilometr, uzunligi 1100 kilometr. Apennin yarim orolining Janubda Kalabriya va Salentina, sharqida Gargano yarim oroli bor. Apennin yarim oroli Yevropaga Apennin tog’lari va Lombardiya pasttekisligi orqali tutashgan. Sitsiliya orolidan tor Messina bo’gozi bilan ajralgan Apennin yarim orolini g’arbda Tirren, Sharqda Adriatika, Janubda Ioniya dengizlari o’rab turadi. Sharqiy sohillari shimolda botqoq va lagunalar ko’p, Janub baland hamda tog’li, g’arbiy sohillari esa o’ydim-chuqur, tik va ko’p joylarda jarlikdan iborat. Apennin yarim orolini boshdan-oyoq Apennin tog’lari egallagan. Tirren dengizi sohili yaqinida vulkan (Vezuviy, Flegrey va boshqalar) ko’p. Sohil kambar pasttekisliklardan iborat. Apennin yarim oroli Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq, yozi uzoq, issiq va quruq; O’rta dengiz bo’yiga xos doim yashil o’simliklar o’sadi. Tekislik va tog’oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim orolida Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joylashgan.